O‘zbekistonda yetishtirilgan qovun xalqaro tanlovda muzqaymoq uchun eng yaxshi mahsulotlardan biri deb topildi, deb yozadi “Podrobno.uz”.
Italiya muzqaymoq ishlab chiqaruvchilari assotsiatsiyasi (SIGA) tashabbusi bilan o‘tkazilgan Milliy ko‘rgazmada ilk bor “Muzqaymoqning jahon merosi” (Gelato World Heritage) xalqaro tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Muzqaymoq tayyorlashda foydalaniladigan, boshqa mamlakatlarga xos bo‘lgan meva va o‘ziga xos mahsulotlar tanlovda ishtirok etish shartiga kiritildi.
Tanlovda O‘zbekistonda yetishtirilgan qovun hidli muzqaymoq ikkinchi o‘rinni egalladi. Birinchi o‘rindan Amerikaning yer yong‘oqli muzqaymog‘i, uchinchi o‘rindan mangoli Misr muzqaymog‘i joy oldi.
Tanlovda Sirdaryo viloyatida yetishtirilgan uchta qishki nav — “qirqma”, “qari qiz” va “qora qand” ishtirok etdi.
Izoh (0)