Detsl taxallusi bilan mashhur bo‘lgan rossiyalik reper Kirill Tolmaskiy 35 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda uning otasi, prodyuser Aleksandr Tolmaskiy Facebook’da ma’lum qildi.

Foto: Facebook / Aleksandr Tolmaskiy

“Kirill endi yo‘q”, deya yozuv qoldirgan u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida. Detslning o‘limi sabablari rasman ma’lum qilinmagan. Uning ma’muri Pavel Belens xonandaning yuragi to‘xtab qolganini bildirdi.

Kirill Tolmaskiy 1983-yil 22-iyulda Moskvada tug‘ilgandi. “Bad B. Alyans” guruhining sobiq ishtirokchisi. Yakkaxon ijrochi tariqasida jami 8 ta musiqiy albom tayyorlagan. Ilk albomi — “Kto? ti” milliondan ortiq nusxada tarqalgan va Rossiyada eng ko‘p sotilgan to‘plamlar qatoriga kiradi.