Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Joriy yil 30-yanvarga o‘tar kechasi sovuq qurollar bilan qurollangan jinoyatchilar Payariq tumani Samarqand ko‘chasi 50-uyda joylashgan AT “Xalq banki” Payariq tuman filialiga yashirin tarzda kirishga uringan.

Kadr: YouTube

Kadr: YouTube

“Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayevning viloyat IIB matbuot xizmatidan olgan ma’lumotiga ko‘ra, mazkur bankda xizmat vazifasini o‘tayotgan Payariq tuman IIB Qo‘riqlash bo‘limi xodimlari safdor Jamshid Majidov hamda O‘ktam Sattorovlar jinoiy guruhni zararsizlantirgan.

Dastlab bankka kirishga uringan bir kishi qo‘lga olingan. Uning yonidan 30 va 15 santimetrli uchlari o‘tkirlangan temir jismlar, pichoq, qo‘lqoplar, polietilen sumka va boshqa buyumlar borligi aniqlangan.

Shuningdek, soat tungi 00:10 larda, xizmat olib borayotgan ichki ishlar xodimi bankning orqa hovlisida noma’lum shaxsning qo‘llari bilan kirish eshigini ochishga urinayotganini sezib, zudlik bilan eshik oldiga borgan. Eshikni ochib orqa hovliga chiqadi va bankka kirishga uringan noma’lum shaxs qochayotgan vaqtida unga o‘ziga biriktirilgan quroli o‘qlanganini aytib “to‘xta otaman” deb ogohlantirish bergan.

Noma’lum shaxs qochishni davom ettirgandan so‘ng qurolidan bir marotaba yuqoriga qarab o‘q uzadi va unga yerga yotishini talab qiladi. Shundan so‘ng noma’lum shaxs joyida to‘xtaydi. Qo‘riqlash bo‘limi xodimlari uni ham ushlab olgan.

Holat yuzasidan Payariq tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat Kodeksining 25, 169-moddasi (O‘g‘rilik) 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Sherzod Xo‘jaev elektrni bir sutkada 2 soat o‘chirish yetarli emasligini aytdi
Mahalliy
O‘zbekistonda Ai-80 markali benzin narxi tushishi kutilmoqda
Dunyo
Malakali mutaxassislar uchun 2022-yildagi eng jozibador davlatlar reytingi e’lon qilindi