Samarqand shahar IIO FMBga qarashli 9-sonli Ichki ishlar bo‘linmasi foydalanishga topshirildi. Bo‘linma “Obod maskan” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan bo‘lib, ushbu mahalla 32 ta ko‘p qavatli uylardan iborat. Bu haqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.
Bo‘linmaning tantanali ochilish marosimida Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov, viloyat hokimi Erkinjon Turdimov ishtirok etishdi.
Ayni vaqtda ushbu hududda 1704 ta oila istiqomat qiladi va bu yerda mahalla fuqarolar yig‘ini, maktab, maktabgacha ta’lim muassasasi, 2 ta uy joy mulkdorlari shirkati, hamda, aholiga savdo va maishiy xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar faoliyat ko‘rsatadi. 9-sonli ichki ishlar bo‘linmasi xodimlarining xizmat vazifasini namunali bajarishi uchun Ichki ishlar vaziri tomonidan yangi xizmat mashinasi topshirildi.