Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Joriy yilning 28-yanvaridan 5-fevraliga qadar Fernando Gonzales va OGResearch konsalting kompaniyasi (Chexiya) mutaxassislari Devid Vavra va Aleks Borodin tarkibidagi Yevropa taraqqiyot va tiklanish banki delegatsiyasi O‘zbekiston Markaziy bankida bo‘lib turibdi, deya xabar berdi Markaziy bank matbuot xizmati.

Foto: Markaziy bank matbuot xizmati

Foto: Markaziy bank matbuot xizmati

Tashrifdan ko‘zlangan maqsad Markaziy bankka inflyatsion targetlash rejimida pul-kredit siyosatini amalga oshirish asosiy elementlaridan biri bo‘lgan Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish tizimini (FPAS) joriy qilish bo‘yicha texnik yordam ko‘rsatishdan iborat.

Hamkorlik davomida xorijiy ekspertlar tomonidan modellar qurish va prognozlashni amalga oshirish uchun foydalaniladigan “MATLAB—R2018a” kompyuter dasturini ishlatish bo‘yicha treninglar o‘tkaziladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekiston madhiyasi qabul qilinganiga 30 yil to‘ldi. Davlat ramzi tarixiga qisqacha nazar
Mahalliy
O‘zbekistonda Ai-80 markali benzin narxi tushishi kutilmoqda
Dunyo
Malakali mutaxassislar uchun 2022-yildagi eng jozibador davlatlar reytingi e’lon qilindi