Dortmundning “Borussiya” klubi yarim himoyachisi Shinji Kagava faoliyatini “Beshiktosh”da davom ettiradi. Bu haqda Turkiya klubi rasmiy saytida xabar berildi.
Istanbul klubi 29 yoshli yaponiyalik futbolchini joriy mavsumning oxiriga qadar ijaraga oldi.
Kagava joriy mavsum Bundesligada faqat 2 ta uchrashuvda maydonga tushib, birorta gol ham ura olmadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)