• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Vodiyga qachon gaz keladi? Alisher Sa’dullayev nega uzr so‘radi? Ijtimoiy tarmoqlardagi trendlar

    Hayotning qizg‘in tarafini ijtimoy tarmoqdan oson kuzatish mumkin, “Daryo” bu borada sizga yordam berishda davom etadi. Demak ushbu haftaning boshlarida qanday voqealar ijtimoiy tarmoqda trendda bo‘ldi. Marhamat, o‘qib huzurlaning.

    Vodiy qaysi qishda gaz bilan ta’minlanadi?

    O‘zining o‘tkir hajvlari va memlari bilan mashhur Rais buva o‘z Telegram-kanalida va Facebook’da bir-biridan ajoyib karikaturalar joyladi-ki, har bir haqida bir sidra kulib, keyin o‘yga tolasiz. Bu memlarini shu tanqid ostiga olingan soha rahbarlari ham o‘qib ko‘risharmikan ishqlib, deb o‘ylaysiz ham. Ha nima bo‘libdi, Rais buvaning tanqidiy karikaturalarini Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov o‘z yig‘ilishlarida ham ma’ruzasida foydalanganku? Barcha rahbarlar tanqiddan to‘g‘ri xulosa chiqarishni shunday o‘rgansa arziydi.

    Foto: “Xabar.uz”

    Foto: “Xabar.uz”

    Rais buvaning navbatdagi qalampir karikaturalarini tomosha qiling.

    Skrin: “Daryo”

    Skrin: “Daryo”

    Skrin: “Daryo”

    Skrin: “Daryo”

    Ushbu memni biroz izohlab ketadigan bo‘lsak. Dekabrning naqd 31-sanasida to‘satdan saytlar va masalan Telegram’dagi Davletovuz kanali “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati raisi Bahodir Eshmuratovning “vodiy aholisini qishda o‘chmaydigan gaz bilan ta’minlaymiz, Qozog‘istondan gaz olyapmiz”, deya bayonot berganini yozdi. Hamma xursand, lekin mana bir oy o‘tdi hamki, vodiyning biron joyida aholidan uzilgan gaz qayta ulangani haqida bir og‘iz yangilik yo‘q.

    Alisher Sa’dullayevning uzri

    Yaqinda press-klub yig‘ilishida jurnalistlar Yoshlar ittifoqi raisining birinchi o‘rinbosari Alisher Sa’dullayevga “uyushmagan yoshlar” atamasini izohlab bering, degan savolga bergan javobi muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlar reaksiyasidan so‘ng yosh rahbar yuqori lavozimdagi rahbarlar orasida O‘zbekiston tarixida ilk bor xalqdan o‘z javobi uchun rasmiy uzr so‘rab, Telegram’dagi shaxsiy kanalida va Facebook’dagi sahifasida e’lon qildi.

    #Rasman_yoshlarga_uzrimni_yetkazing

    #Bir_jaydarichisiga_gaplashaylik

    Oxirgi vaqtlar ma’lum shaxslar va tashkilotlar haqida “kreativ” tanqid qilish juda avjiga chiqdi. Har xil olib qochishlar, lag‘mon cho‘zishlar va hokazo. Bu jarayonni kuzata turib, hayron qolasan kishi. Ayniqsa, guruhbozlik va tarafkashlik ko‘p uchrashi va shunchaki odatiy holatlardan biriga aylanib qoldi. Eng qizig‘i, bularning barchasi virtual olamda sodir bo‘lyapti. Keling, aniqroq tahlil qilib bersam. O‘tgan kuni xalqaro press-klubga borgan edim. Shunda “uyushmagan yoshlar” aslida kimlar deya savol berishdi (bu terminga haligacha aniq javob yo‘q, ammo har xil versiyalar bor). Savol juda ham qiziqarli va jamiyatdagi “katta” muammolarni yechib beradigandek tuyuldi shekilli hammaga, birdaniga bu terminni butun ijtimoiy tarmoq muhokama qila boshladi. Tushunaman, haqiqatan ham bu termin trend darajasiga chiqdi va bu savolning press-klubda yangrashi yana bir rezonans berishi aniq edi. Lekin nima o‘zgardi? Qaysidir yosh manfaat oldimi? Yoki uy uchun navbatda turgan yoshlarga uy berildimi? Qaysidir insonning og‘irini yengil qilib berdimi? Mutlaqo yo‘q, shunchaki bitta yosh “aqlli” o‘zi zo‘rg‘a kontraktga (bizda budjet bo‘lmagan) o‘qigan katta tashkilotning birinchi o‘rinbosari press-klubga chiqvolib, hammani uyushmagan yoshga chiqardi. Endi hammasi aniq bo‘ldi, chunki “musaffo osmon” ostidagi barcha yoshlar uyushmaganga chiqarildi, faqat yo‘l chetida terilib turgan bayroqdor yoshlargina uyushgan va ular haq yo‘ldan ketishmoqda. Ular hammasini bilishgan va kutishgan edi va nihoyat shu kun ham keldi. Afsuski, bu sohada #challenge’lar ham jim bo‘ladi, ular heshteg va tadbirni mukammal o‘tkazishadi va biz bundan olam-olam bahra olamiz.

    Tahlilim tamom.

    Yosh davlat xizmatchilariga yoki endi shu sohani tanlamoqchi bo‘lganlarga bir-ikki og‘iz aytar so‘zim bor. Do‘stlar, bizning yoshlar guruhbozlik, tarafkashlik yoki boshqacha uslubda yashashda davom etar ekan, sizlar davlat ishiga bel boglab, xalq xizmatida bo‘lish, uning hurmatini qozonish, Prezident boshlagan islohotlarga o‘z hissangizni qo‘shish uyoqda tursin, oilangiz, farzandlaringiz va hatto ota-onangizni ham rozi qila olmaysiz. Bizda hali ishni o‘rganib olish uchun vaqt emas yoki tajriba orttirish emas, shunchaki jinoyat qilgan bo‘lasiz. Xorijda siz o‘rgangan va butun dunyo jar solayotgan failure is an inevitable part of success, ya’ni muvaffaqiyat albatta xato bilan bo‘ladi yoki xato bilan shosha-pisha xulosa qilma, undan o‘rgan, degan termin bizda ish bermaydi. Siz mukammal yozishingiz, fikrlashingiz, gapirishingiz va ishlashingiz kerak, bo‘lmasa uyushmagan bo‘lib qolasiz)))

    Qisqasi, bu gaplarni holatni juda yaxshi his qilib turgan va sizlarni “uyushgan” yoki “uyushmagan” deb emas, shunchaki aka, opa, uka va singil sifatida ko‘rguvchi oddiy bir yosh aytyapti! Aytgancha, agar davlatimiz rivojiga hissa qo‘shish uchun boshqa yo‘nalishni tanlash imkoni tug‘ilsa, mendan ham o‘rtamiyona bloger va yaxshi tadbirkor chiqib qolar.

    Shuningdek, xatoyim uchun, aynan “uyushmagan” terminining xatosi uchun butun yoshlardan rasman uzr va kechirimimni so‘rayman. Juda yaxshi, yana bir dars bo‘ldi. Bu mening nuqsonim va buning takrorlanmasligida qo‘llab-quvvatlashingiz va daldangizga doim muhtojmiz!

    Alisher Sa’dullayev

    Bu bayonotni o‘qigach, tarmoq foydalanuvchilari Alisherni qo‘llab-quvvatlab, olg‘a intilishga chorladi.

    Skrin: “Daryo”

    Skrin: “Daryo”

    Yo‘llarda tezlikning tushirilishi YTHlar sonini kamaytiradimi?

    Bloger Farhod Fayzullayev yurgizib borayotgan Telegram-kanali — “Zambarakning o‘qi”da keng mushohadali post yozdi. Post ostida turli fikrlar bildirildi. Postni keltiramiz, yoqlash-yoqlamaslikni o‘zingiz hal qiling:

    2018-yilda O‘zbekiston yo‘llarida 2262 kishi halok bo‘libdi. Kuniga 6 kishi degani. Har kuni kimningdir otasi yo onasi, opasi yo singlisi, akasi yo ukasi, farzandlari mashina g‘ildiraklari tagida halok bo‘lyapti. Bu fojia bo‘lmay nima?

    Avvalgi postlarimning birida o‘limlarni kamaytirishning usullaridan biri sifatida ruxsat berilgan tezlikni 70 km/soatdan 50 ka tushirishni taklif qilgandim. Dunyoning barcha rivojlangan davlatlarida ushbu tezlik belgilab qo‘yilgan. O‘limlarni kamaytirishning sinalgan yo‘llaridan biri bu, velosiped yaratishning keragi yo‘q!

    Bu taklifimga ba’zilar “avval trassalar quraylik, avval yo‘llarni tekislaylik, avval balo qilaylik, avval battar qilaylik, hammayoq probka bo‘p ketadi”, deyishdi. Ha mayli, 25 yildan beri qurilmagan trassalar qurilib qolar, deb umid qilib o‘tiraveraylik, kuniga 6 kishi o‘laversin.

    Endi tasavvur qiling, Xudo ko‘rsatmasin, shu 2262 kishi ichida o‘zimizning yaqinlarimiz, jigarlarimiz bor. Sal tezroq yurish uchun ularni qurbon qilishga tayyormizmi? 3—5 daqiqa vaqtliroq chiqib keta olmasdan, o‘rniga birovni qurbon qilishga haqqimiz bormi?

    O‘zbeklarimiz o‘zi ja zo‘r-da. Mana, 2 minutda boraman deydi, ammo hali uydan chiqib ketmagan bo‘ladi. Sal vaqtliroq harakat qilaylik, oldindan rejalashtiraylik, sekinroq, e’tiborliroq yuraylik va kuniga 6 kishining jonini saqlab qolaylik.

    Menga desa butun Toshkent probka bo‘lib ketmaydimi! Nahotki 2262 kishining joni qayoqdagi probka yoki 5 minut ko‘proq yurishdan qadrsiz bo‘lsa?!

    Hozir nima bo‘lsa Singapurni maqtash, unga solishtirish moda bo‘lgan. Singapur bunday tartibga qanday erishdi? Bunday tartibga erishishda katta jarimalarning o‘rni yuqori. Men ham O‘zbekistonni Singapurdek bo‘lishini xohlayman; qonunni buzsam, katta jarima to‘lashga ham roziman. Shahar ko‘chalarining har bir santimetri kamera bilan nazorat qilinishi tarafdoriman. Zora o‘pkasi yo‘q, noinsof, birovga tupurib qo‘ygan olifta-yu ifloslar jarimani to‘layverib, oxiri ba’zi joyini qisib qolsa.

    Yana egizak farzandlar masalasi

    Shu kunlarda uch egizak ko‘rgan va yaxshi niyat bilan Shavkat, Miirziyo, Miromon ismlarini qo‘ygan ota-onalarga Cobalt avtomashinalari berilgani haqida xabarlarni ko‘pchilik o‘qidi. Huquqshunos va bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev o‘z Telegram-kanalida yozishicha, o‘tgan yilning sentabr oyida Paxtaobod tumanida dunyoga kelgan, Shavkat, Miromon va Mirziyo deya ism qo‘yilgan uch nafar egizakka Andijon viloyati hokimligi Spark avtomashinasini sovg‘a qilibdi.

    Daryo Live Telegram-kanali Prezidentga havas qilib, ismlar qo‘yilgan, lekin hali sovg‘aga mashina berilmagan uch nafar egizaklarning o‘ziga xos ro‘yxatini tuzib chiqdi. Ushbu ro‘yxat bilan kanalda tanishishingiz mumkin.

    Darvoqe, oradan bir muddat o‘tib, ro‘yxatga kirgan andijonlik egizaklarga viloyat hokimi tomonidan Spark sovg‘a qilindi.

    Bu voqealarga nisbatan ijtimoiy tarmoqda turli fikrlar bildirildi.

    Skrin: “Daryo”

    Skrin: “Daryo”

    Skrin: “Daryo”

    Skrin: “Daryo”

    Skrin: “Daryo”

    Skrin: “Daryo”

    Kosa tagida nimkosa

    Quyidagi hazil postlar bir qarashda shunchaki hazilday tuyulsa ham, bizningcha, jiddiy muammolarni ko‘tarib chiqqan:

    Skrin: “Daryo”

    Skrin: “Daryo”

    Skrin: “Daryo”

    Skrin: “Daryo”

    Twitter’da, har doimgiday, ko‘proq sport yangiliklari muhokama qilindi.

    Эшакни миниб кетаётганингизда, "эшакка жабр қилаётганингиз"ни уқтирувчилар чиқади. Ажабланманг, улар сиз минган жонзотнинг дўстлари бўлиши мумкин.

    — Xayrulla Hamidov (@X_Hamidov) January 29, 2019

    Қани энди болаликка қайтиб қолсак. Энг катта ярамиз тиззамиздаги яра бўларди ҳолос...

    — Anνarσν (@Asilbek_7) January 27, 2019

    Р.Карлос билан матбуот анжуманидаги савол жавобларни укиб роса кулибманей! Сизниям ичиз кетадими деб сураш колиб кетибди. Мля...

    — mamurjon (@mamriniio) January 28, 2019

    Р.Карлос тахминан: Тошкент жуда чиройли шаҳар экан, одамлари меҳмондўст, ўзбек таомлари жуда ширин, деб эшитганман. Терма жамоангиз Купер билан албатта ЖЧга чиқади, ҳозир улкан ислоҳотлар амалга оширлаётганига гувоҳ бўлдим, деса керак)

    — Жасурбек Норметов... (@JasurNormetov) January 28, 2019

    Манга Эроннинн шарманда бўлиб тугатгани ёқди: Сардор ўзича, кубоккача 7 та ўртоқлик ўйинини ўтказгани келдик, деганди.

    — Xayrulla Hamidov (@X_Hamidov) January 28, 2019

    Ijtimoiy tarmoqlardagi rang-barang fikrlarni “Daryo”da kuzatishda davom eting.

    31.01.2019, 19:02   Izoh (0)   39556
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Tashkent City’da 1 sotix yer investorlarga 20 ming dollardan sotilgani ma’lum qilindi

    31.01.2019, 18:59

    Bekobod tumanida hokimlik balansidagi binoda yong‘in chiqdi, bir kishining jasadi topildi

    31.01.2019, 18:46

    Behzod Hamroyev: 100 ming so‘mlik kupyura inflyatsiya ortishiga emas, aksincha, pasayishiga ta’sir ko‘rsatadi

    31.01.2019, 18:33

    Jizzaxda 5 va 7 qavatli uylar quriladi, ular atrofida savdo majmualari, klinika, mehmonxonalar qad rostlaydi

    31.01.2019, 18:20

    Toshkent shahar IIBB tizimida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi

    31.01.2019, 18:05

    Jahongir Ortiqxo‘jayev: Akfa boshqaruvini shogirdlarimga topshirganman, lekin kompaniya aksiyalariga egalik qilaman

    31.01.2019, 18:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish

     

    Tavsiya etamiz

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Eron yadro bombasi bilan Isroilni yo‘q qilishga tayyor” — Netanyaxu

    Dunyo | 13 iyul, 22:30

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    Futbol | 13 iyul, 22:15

    Ukraina Ozarbayjondan gaz sotib olmoqchi

    Dunyo | 13 iyul, 21:55

    Tramp Meksika va Yevropa Ittifoqi tovarlariga 30 foizlik boj soladi

    Dunyo | 13 iyul, 21:30

    “Isroil Eron prezidentini o‘ldirishga uringani uchun tovon to‘laydi” — eronlik amaldor

    Dunyo | 13 iyul, 21:05

    Ukrainada razvedka xodimini o‘ldirishda gumonlangan rossiyalik agentlar yo‘q qilindi

    Dunyo | 13 iyul, 20:40

    Ozarbayjon Suriyaga gaz yetkazib beradi

    Dunyo | 13 iyul, 20:15

    Arizonada 18 yilda ilk bor vabodan o‘lim qayd etildi

    Dunyo | 13 iyul, 19:45

    Eron MAGATE bilan “yangicha formatda” hamkorlik qiladi

    Dunyo | 13 iyul, 19:27

    Sankt Peterburgdagi migratsiya markazida fuqarolar temir panjaralar ichida yotganiga izoh berildi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 18:59
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.