Nodir Otajonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda “Gazeta.uz” ma’lum qildi.
U mazkur tayinlovga qadar 2017-yil avgustidan beri bosh vazir o‘rinbosari — Tashqi savdo faoliyati, eksport salohiyati, mashinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksi rahbari sifatida ishlab kelayotgan edi.
Nodir Otajonov (1967-yilda tug‘ilgan) — Andijon qishloq xo‘jaligi instituti (1993), Namangan muhandislik-pedagogika instituti (1999) va Bank-moliya akademiyasi (2000) bitiruvchisi.
1993—2007-yillarda Moliya vazirligida faoliyat ko‘rsatgan. 2007—2010-yillarda “O‘zavtosanoatlizing” kompaniyasi direktori bo‘lgan. 2010−2017-yillarda “O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” aksionerlik lizing kompaniyasi (hozirda “O‘zagrolizing”) boshqaruvi raisi lavozimida faoliyat ko‘rsatdi. 2017−2018-yillarda “O‘zagrotexsanoatxolding” kompaniyasiga rahbarlik qildi.
Izoh (0)