AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Halilzod shanba kuni Dohada (Qatar) “Tolibon” radikal harakati vakillari bilan olti kunlik muzokaralardan so‘ng “sezilarli muvaffaqiyat”ga erishilgani haqida gapirdi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
“Dohada olti kunlik muzokaradan so‘ng Afg‘onistonga maslahat uchun tashrif buyuraman. Bu uchrashuv oldingilariga qaraganda samarali bo‘ldi va muhim masalalar bo‘yicha sezilarli muvaffaqiyatlarga erishdik,” — dedi diplomat.
U, shuningdek, Vashington “yaqin kelajakda bu muvaffaqiyatni mustahkamlab, muzokaralarni qayta boshlashini” ta’kidladi.
“Bizda hal qilinishi kerak bo‘lgan bir qator muammolar bor. Hamma narsa kelishib olinmaguncha, hech narsa qabul qilinmaydi. Hamma narsa deganda afg‘onlarning o‘zaro ichki muloqoti va keng ko‘lamli “olov”ni o‘chirish ham nazarda tutilyapti,” — dedi Halilzod.
Izoh (0)