25-yanvar, juma kuni futbol bo‘yicha Angliya Kubogining 4-bosqich bahslari doirasida dastlabki 2 ta uchrashuv nihoyasiga yetdi.
Ushbu bosqichdagi markaziy o‘yin “Emirates” stadionida bo‘lib o‘tdi. Unda Unai Emeri qo‘l ostidagi “Arsenal” klubi Ole-Gunnar Sulsher boshqaruvidagi “Manchester Yunayted” jamoasini qabul qildi va 1:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Bellashuvning 31-daqiqasida Aleksis Sanches Romelu Lukaku uzatgan to‘pni “kanonirlar” darvozasiga kiritdi (1:0). Oradan 2 daqiqa o‘tib, “mankunianlar” hujumchisi Jessi Lingard jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi (2:0). Ushbu golga ham Romelu Lukaku assistentlik qildi.
1-bo‘limning so‘nggi daqiqalarida Pyer-Emerik Obameyang oradagi farqni qisqartirdi (1:2).
O‘yinning asosiy vaqti tugashiga 8 daqiqa qolanda Aleksis Sanches o‘rniga zaxiradan maydonga tushgan Antoni Marsial Peter Chex darvozasini ishg‘ol qildi (3:1).
Shu tariqa “Manchester Yunayted” Angliya Kubogi 1/8 finaliga yo‘l oldi.
Eslatib o‘tamiz, “Qizil iblislar” yangi murabbiy qo‘l ostida ketma-ket 8 ta o‘yinda g‘alaba qozondi.
Angliya Kubogi
4-bosqich bahslari
25-yanvar, shanba
“Bristol Siti”—“Bolton” 2:1
Gollar: 0:1 — 6 Bivers, 1:1 – 8 O’Dovda, 2:1 — 30 Elliasson.“Arsenal”—“Manchester Yunayted” 1:3
Gollar: 0:1 — 31 Sanches, 0:2 — 33 Lingard, 1:2 — 43 Obameyang, 1:3 — 82 Marsiyal“Arsenal”: Chex, Meytlend-Nayls, Sokratis (Mustafi, 21), Kosyelni (Gunduzi, 64), Kolashinats, Torreyra, Jaka, Ivobi (O‘zil, 64), Remzi, Obameyang, Lyakazett.
“Manchester Yunayted”: Romero, Yang, Lindelyof, Bayi, Shou, Errera, Matich, Pogba, Lingard (Jons, 88), Lukaku (Reshford, 72), Sanches (Marsial, 72).
Ogohlantirishar: Kosyelni (54), Yang (68), Lingard (76), Kolashinats (86), Reshford (86), Genduzi (90).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)