O‘zbekiston va Rossiya savdo aylanmasi 2018-yil yakunlariga ko‘ra, 2017-yil bilan taqqoslaganda 21,2 foiz — 5,73 milliard dollarga oshdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi, deb yozadi “Podrobno.uz”.
O‘zbekistondan Rossiyaga eksport hajmi o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha 6,8 foizga oshib, 2,193 milliard dollar, import hajmi — 3,537 milliard dollarni tashkil etdi (30,6 foizga oshgan).
Rossiya ko‘rsatilgan davr yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonning asosiy hamkorlari orasida ikkinchi o‘rinni egalladi, umumiy tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 16,9 foizni tashkil etadi. Birinchi o‘rinni 19 foiz ulush bilan Xitoy egallagan.
Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya bozori o‘zbek to‘qimachiligi (639,6 million dollar, 2017-yil bilan taqqoslaganda, 25 foizga oshgan) va meva-sabzavot mahsulotlarini yetkazish bo‘yicha — 164,8 million dollar (1,45 marta oshgan) eksportning asosiy bozoriga aylandi.
Rossiya importining O‘zbekistonga oshishi mashina va qurilmalar (937 million dollargacha), metalloprokat (775,2 million dollar) va kimyoviy mahsulotlar (366,7 million dollar) yetkazishning ko‘payishi bilan bog‘liq.
Izoh (0)