Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga ko‘ra Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Londonda (Buyuk Britaniya) bo‘lib o‘tayotgan ta’lim bo‘yicha Jahon forumida ishtirok etmoqda. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: “Virtualeduca.org”

Foto: “Virtualeduca.org”

Joriy yilning 21-yanvarida o‘z faoliyatini boshlagan mazkur forumda 95 mamlakatning rasmiy vakillari ishtirok etmoqda. Forum ishtirokchilari tomonidan uch kun davomida ta’lim sohasini rivojlantirish bo‘yicha yuzaga kelayotgan savol va muammolar muhokama etiladi.

O‘zbekiston delegatsiyasi Buyuk Britaniyaga tashrifi chog‘ida ta’lim sohasidagi davlat organlari va kompaniyalar vakillari bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, M&C Saatchi, Britaniya Kengashi, Cambridge Assessment International Education, Ta’lim departamentining maktab standartlari bo‘yicha davlat vaziri, Buyuk Britaniya Parlamentining a’zosi Nik Gibb va boshqa tashkilotlar vakillari bilan muzokaralar olib boriladi.

Shu bilan birga Britaniyadagi ta’lim muassasalariga tashrif buyurish hamda Britaniya Kengashining “Ta’lim siyosati bo‘yicha muloqot: yoshlarimiz kelajakka qanday tayyorgarlik ko‘rayapti“ mavzusidagi dasturda ishtirok etish rejaga kiritilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Daryo” kundaligida 9-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Qozog‘iston Rossiyaga zirhli texnika jo‘natishi haqida xabarlar tarqaldi (video)
Madaniyat
Shahzoda Garri va Megan Markl yangi hujjatli filmda Yelizavetta II ni masxaralab, qirollik oilasi a’zolarini irqchilikda aybladi (video)