22-yanvar, seshanba kuni futbol bo‘yicha Osiyo Kubogining nimchorak final bahslari doirasida so‘nggi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Foto: Twitter

Unda Qatar terma jamoasi Iroq termasiga qarshi maydonga tushdi.

O‘yindagi yagona gol 62-daqiqada kiritildi. Unga qatarlik futbolchi Bassam Hisham mualliflik qildi va uchrashuv qahramoniga aylandi.

Shu tariqa Qatar termasi Iroq terma jamoasi ustidan kichik hisobda g‘alaba qozondi (1:0) va musobaqaning chorak finaliga yo‘l oldi. Mazkur bosqichda Qatar termasi Janubiy Koreya bilan yarim final yo‘llanmasi uchun bahsga kirishadi.

Osiyo Kubogi—2019

1/8 final bahslari

22-yanvar, seshanba

Qatar—Iroq 1:0

Gol: 1:0 — 62 Bassam Hisham.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!