19-yanvar, shanba kuni futbol bo‘yicha Angliya premyer ligasining 23-turida “Arsenal” himoyachisi Ektor Belyerin “Chelsi”ga qarshi o‘yinda jarohat oldi.
Tibbiy xulosaga ko‘ra, futbolchining tizza bo‘g‘imidagi paylar uzilishi tashxisi qo‘yildi, deb yozadi The Telegraph.
Tez kunlarda Belyerin chuqurlashtirilgan tibbiy tekshiruvlardan o‘tadi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 23 yoshli o‘yinchi mavsum yakuniga qadar jamoasiga yordam bera olmaydi.
Ispaniyalik futbolchi ushbu mavsum APLda 19 ta uchrashuvda maydonga tushdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)