21-yanvar, dushanba kuni futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi—2019 musobaqasining 1/8 finali doirasida navbatdagi 3 ta o‘yin bo‘lib o‘tadi.
Kunning datlabki uchrashuvida Yaponiya terma jamoasi Saudiya Arabistoni bilan bahsga kirishadi. To‘qnashuv Toshkent vaqti bilan 16:00 da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, Yaponiya termasi “F” guruh bahslarini mag‘lubiyatlarsiz yakunlagan edi. Saudiya Arabistoni esa so‘nggi o‘yinda Qatar termasiga mag‘lub bo‘lib, guruhda 2-o‘rinni egallab, pley-offga chiqdi.
Ikkinchi bahsda esa musobaqa favoritlaridan biri Avstraliya terma jamoasi Ektor Kuper qo‘l ostidagi O‘zbekiston termasiga qarshi maydonga tushadi. Mazkur uchrashuv Al-Ayn shahridagi “Halifa Bin Zayyid” stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin 19:00 da boshlanadi. Ikkala jamoa ham guruh bahslaridan so‘ng 6 ochko to‘plab, musobaqaning pley-offiga chiqqandi.
Ushbu bosqichda musobaqa mezboni BAA termasi Qirg‘iziston terma jamoasi bilan kurashadi. Uchrashuv 22:00 da boshlanadi. Ma’lumot uchun, BAA “A” guruhida 1-o‘rinni egallagandi. Qirg‘iziston esa “C” guruhida uchinchi o‘rinda pley-offga chiqqandi.
Osiyo Kubogi—2019
21-yanvar, dushanba
1/8 final bahslari
Yaponiya—Saudiya Arabistoni 16:00
Avstraliya—O‘zbekiston 19:00
BAA—Qirg‘iziston 22:00
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)