Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-yanvar kuni rasmiy tashrif bilan Germaniya poytaxti Berlin shahriga keldi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Prezident Matbuot xizmati

Foto: Prezident Matbuot xizmati

Tegel xalqaro aeroportida oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Davlat rahbarini Germaniya rasmiy shaxslari kutib oldi.

Foto: Prezident Matbuot xizmati

Foto: Prezident Matbuot xizmati

Tashrifning asosiy tadbirlari 21-yanvarga mo‘ljallangan. Prezident Shavkat Mirziyoyev Berlinda Federal Prezident Frank-Valter Shtaynmayer, Federal kansler Angela Merkel va Bundestag Raisi Volfgang Shoyble bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.

Foto: Prezident Matbuot xizmati

Foto: Prezident Matbuot xizmati

Muzokaralarda O‘zbekiston bilan Germaniya o‘rtasidagi siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliyaviy hamkorlikni rivojlantirish, madaniy-gumanitar, fan-ta’lim va turizm sohalaridagi aloqalarni faollashtirish kabi masalalarni muhokama qilish ko‘zda tutilgan.

Foto: Prezident Matbuot xizmati

Foto: Prezident Matbuot xizmati

22-yanvar kuni Myunxen shahrida Bavariya Bosh vaziri Markus Zyoder hamda Germaniyaning yetakchi kompaniya va banklari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qashqadaryoda 3 kunlik firma 2,6 mlrd so‘mlik issiqxona o‘rnatish tenderini yutib oldi
Dunyo
Lukashenko Belarus tashqi ishlar vaziri Makey bilan vidolashuv marosimida ishtirok etdi (foto)
Mahalliy
Nukus voqealarida ayblanayotganlar sudi davom etmoqda: asosiy gumonlanuvchilardan biri ikkinchisini firibgar deb atadi