Nortfolk politsiyasi Yelizaveta II ning turmush o‘rtog‘i shahzoda Filippning yo‘ltanlamasini to‘xtatganligini ma’lum qildi. Uning ruldagi suratini Daily Mail nashri chop etdi, deb yozadi TJournal.
Hodisa gersog yo‘l-transport hodisasiga uchrab, avtomobilida ag‘darilib ketganidan ikki kun o‘tib yuz bergan.
97 yoshli gersog yo‘ltanlamasni boshqarib ketayotib, jurnalistlar obyektiviga tushgandan keyin, politsiya e’tiborini o‘ziga tortgan. Politsiyachilarning so‘zlariga qaraganda, ular Filipp bilan xavfsizlik qoidalari yuzasidan suhbat o‘tkazgan. Angliya qonunchiligiga ko‘ra, u to‘xtatilgan taqdirda 100 funt jarimaga tortilgan bo‘lar edi, ish sud tomonidan ko‘rib chiqilganda esa bu jarima 500 funtgacha oshirishi mumkin edi.
Eslatib o‘tamiz, qirolichaning turmush o‘rtog‘i 17-yanvar kuni Sandringem pomestiyasi yaqinida YTHga uchragan edi. Shahzoda Filippning Land Rover avtomobili chorrahada Kia bilan to‘qnashib ag‘darilib ketgan, ammo unda xavfsizlik yostiqchalari ishlab ketgani bois hech kimga zarar yetmagan. Kia’ni boshqargan ayol yengil jarohatlar olganligini ma’lum qilgan, biroq gersog uzr so‘ramaganligidan norozi bo‘lgan.
Izoh (0)