19-yanvar, shanba kuni futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 20-turi doirasida navbatdagi o‘yin bo‘lib o‘tdi.
Madridning “Real” klubi o‘z maydonida Pablo Machin boshliq “Sevilya” jamoasi bilan bellashdi va 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Barcha gollar uchrashuvning 2-bo‘limida urildi. 78-daqiqada “Qirollik klubi” yarim himoyachisi Kazemiro raqib darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, o‘yinning 90+2-daqiqasiga kelib Luka Modrich andalusiyaliklarning xatosidan unumli foydalandi va g‘alabani mustahkamladi (2:0).
Shu tariqa “Real” “Sevilya” darvozasiga javobsiz ikkita gol urib, muhim g‘alabaga erishdi.
Ma’lumot uchun, madridliklar musobaqa jadvalida 36 ochko to‘plab, 3-o‘rinda bormoqda. “Sevilya”ning hisobida esa 33 ochko mavjud (4-o‘rin).
La Liga
20-tur bahslari
18-yanvar, juma
“Xetafe”—“Alaves” 4:0
Gollar: 1:0 — 33 Mata, 2:0 — 46 Molina, 3:0 — 55 Molina, 4:0 — 88 Mata.19-yanvar, shanba
“Real”—“Sevilya” 2:0
Gollar: 1:0 – 78 Kazemiro, 2:0 – 90 Modrich.“Real”: Kurtua, Karvaxal, Varan, Ramos, Regilon, Modrich, Kazemiro, Sebalyos (Valverde, 88), Vaskes (Isko, 77), Benzema, Junior.
“Sevilya”: Vatslik, Karriso, Kyer, Gomes, Navas, Sarabiya, Banega, Vaskes, Eskudero Palomo (Gil, 86), Ben Yedder (Promes, 71), Silva (Al-Haddodiy, 75).
Ogohlantirishlar: Karriso (30), Banega (54), Kasemiro (61), Sebalyos (65), Kyer (85).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)