Turkiyada 2014-yilda xorijlik boylar uchun mo‘ljallangan villalardan iborat shahar The Burj Al Babas’ning qurilishi boshlandi. Bolu provinsiyasidagi tog‘ etagida Disney qal’alari dizayni asosida yuzlab uylar qurilgan, biroq keyin loyiha moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan. 2018-yilning noyabr oyida qurilish kompaniyasi bankrotga uchragan, 587 ta uy esa tashlandiq holda qolgan. TJournal shahar aks etgan suratlarni taqdim etdi.
Loyihaning umumiy qiymati 200 million dollardan ortiqni tashkil qiladi, har bir uyning narxi 400—500 ming dollarni tashkil qilgan bo‘lar edi. Sarot Group kompaniyasi bir necha yil ichida Qatar, Kuvayt, Bahrayn va Saudiya Arabistonidagi mijozlarga bir necha yuzta uyni sotishga muvaffaq bo‘lgan. Biroq qisqa vaqtdan so‘ng xaridorlar sotib olingan mulklardan bosh tortgan. Kompleks arxitektorining so‘zlariga ko‘ra, bu neft narxining pasayishi bilan bog‘liq bo‘lgan. Quruvchilarning esa 27 million dollar qarzi yig‘ilgan va ular bankrot deb tan olingan.
Izoh (0)