Janubiy Koreya poytaxti Seulda 5G mobil tarmog‘iga ulanish imkoniyatiga ega avtobus ishga tushirildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Foto: “Korrespondent.net”

Xabarda aytilishicha, avtobus 10 ta o‘rindiqli bo‘lib, uning yo‘lovchilari Seul markazida mobil internetning beshinchi avlodi 5G ga ulanish imkoniyatiga ega. Avtobus, shuningdek, virtual va qo‘shimcha reallikka ega smartfonlar bilan jihozlangan. 5G tarmog‘i ishlash tezligi bo‘yicha farq qilib, u 4G tezligidan 20 marta ortiq.