17-yanvar, payshanba kuni futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi “E” guruhida 3-turning so‘nggi bahslari bo‘lib o‘tdi.
Ushbu turda Saudiya Arabistoni termasi Qatarga qarshi maydonga tushdi.
Qatarlik hujumchi Almuaz Ali 45 va 80-daqiqalarda Saudiya Arabistoni darvozasini ishg‘ol qildi va dublga erishdi (0:2).
O‘yin oxiriga qadar hisob o‘zgarmadi va Qatar terma jamoasi 9 ochko to‘plab, birinchi o‘rinda keyingi bosqichga chiqdi. Qatarliklar musobaqaning 1/8 finalida Iroq termasi bilan kurashadi.
Saudiya Arabistonida esa 6 ochko bilan guruhda ikkinchi bo‘ldi, endi ular keyingi bosqichda Yaponiya termasi bilan jang qiladi.
Navbatdagi o‘yin Livan va KXDR terma jamoalari qarshiligi ostida kechdi.
Uchrashuvning 9-daqiqasida KXDR a’zosi Kvang-Ryong Pak o‘yindagi dastlabki golni urgan bo‘lsa (0:1), 27-daqiqaga kelib Feliks Maykl hisobni tenglashtirdi (1:1). Jamoalar qisqa tanaffusga yo‘l oldi.
2-bo‘limning 66-daqiqasida Hilol al-Helva jamoasini oldinga olib chiqdi (2:1). Yana bir livanlik futbolchi Hassan Maatuk hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi (3:1). Bellashuvning oxirgi daqiqalarida Hilol al-Helva jamoasining 4-goliga mualliflik qildi.
Shu tariqa Livan KXDR ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi, ammo bu hisob ham pley-offga chiqishga kamlik qildi.
Osiyo Kubogi—2019
“E” guruhi, 3-tur
17-yanvar, payshanba
Saudiya Arabistoni—Qatar 0:2
Gollar: 0:1 — 45 Almuaz Ali, 0:2 — 80 Almuaz Ali.Livan—KXDR 4:1
Gollar: 0:1 — 9 Kvang-Ryong Pak, 1:1 — 27 Feliks Maykl, 2:1 — 66 Al-Halve, 3:1 — 80 Maatuk, 4:1 — 90 Al-Halve.Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)