17-yanvar, payshanba kuni futbol bo‘yicha Osiyo Kubogining 3-turi doirasida so‘nggi uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.
Ektor Kuper boshliq O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiya termasi bilan guruh birinchiligi uchun kurash olib borsa, 2-turda O‘zbekistonga yirik hisobda mag‘lub bo‘lgan (4:0) Turkmaniston termasi Ummon terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuvlarga Toshkent vaqti bilan 18:30 da start beriladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston hamda Yaponiya terma jamoalari guruhda ketma-ket 2 ta o‘yinda g‘alaba qozonib, pley-offga muddatidan avval chiqqan.
“E” guruhida musobaqa mezboni Saudiya Arabistoni termasi Qatar terma jamoasi bilan jang qilsa, mazkur guruhning ikkinchi bellashuvi Livan va KXDR terma jamoalari o‘rtasida kechadi. O‘yinlar soat 21:00 da boshlanadi.
Ma’lumot uchun, Qatar va Saudiya terma jamoalari 2 tur natijasiga ko‘ra, guruhda 6 ochko to‘plab, muddatidan avval pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan.
Osiyo Kubogi
3-tur bahslari
17-yanvar, payshanba
“F” guruhi
Ummon—Turkmaniston 18:30
Yaponiya—O‘zbekiston 18:30
“E” guruhiSaudiya Arabistoni—Qatar 21:00
Livan—KXDR 21:00
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)