“O‘zbekgidroenergo”ning davlat ulushu “Raqamli ishonch” Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 15-yanvar kungi qarorida so‘z yuritiladi, deb yozadi “Gazeta.uz”.
Bundan ko‘zlangan maqsad — “O‘zbekgidroenergo” boshqaruv tizimiga korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini tatbiq etish, shuningdek, gidroenergetikani rivojlantirishga xorijiy investitsiyalarni jalb etish yo‘li bilan korxonalar va aholining elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash.
Jamg‘arma kompaniya ustav kapitalida davlat nomidan aksiyadorga aylanadi. Biroq sof daromadni taqsimlash, kompaniyani qayta tashkil etish yoki tugatish, aksiyalarni bo‘lish yoki birlashtirish va boshqa masalalarda ovoz berishni Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan oldindan muvofiqlashtirishi lozim.
37 ta gidroelektrostansiyaga ega bo‘lgan “O‘zbekgidroenergo” mamlakatda 10 foizga yaqin elektr energiyasining ishlab chiqarilishini ta’minlaydi.
Izoh (0)