O‘zbekiston innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi va mamlakatda laboratoriyalar tarmog‘ini tashkil etayotgan Swisslab O‘zbekiston—Shveysariya QK tomonidan 14-yanvar kuni Memorandum imzolandi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar bermoqda.
Hujjat Toshkent va mamlakatning boshqa viloyatlarida xalqaro standartlarga mos keluvchi laboratoriya-tashxislash markazlarini tashkil etish orqali O‘zbekistonda yuqori texnologik tibbiy va diagnostik yordamni rivojlantirish maqsadlarida imzolangan.
Imzolangan memorandum besh yilga mo‘ljallangan, tomonlar roziligi bilan uni uzaytirish mumkin. Shveysariya tomoni birinchi bosqichdayoq 12 million dollarga teng to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar kiritadi.
Swisslab tahlillarning asosiy turlarini minimal muddatda amalga oshiruvchi va o‘z faoliyatini ochiq laboratoriya shaklida olib boruvchi ilk innovatsion tarmoq bo‘ladi. Unda bemor biomaterial olingan paytdan tahlillar natijasini olgunga qadar tadqiqotlar olib borilishini bevosita kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Hozirda poytaxtda mazkur xizmatlarni ko‘rsatish allaqachon boshlangan.
Izoh (0)