Italiyadagi tog‘ yo‘lida 40 dan ortiq avtomobil to‘qnashdi. YTH oqibatida taminan 40 kishi jarohat olgan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: “RIA Novosti”

Xabar berilishicha, hodisaga 14-yanvar kuni erta tongda yog‘gan muzli yomg‘ir sabab bo‘lgan.

Hodisada 42—43 ta avtomobil ishtirok etgan, ular orasida yuk mashinalari ham bo‘lgan. 38—39 kishi jarohat olgan bo‘lib, ularga tibbiy muassasada yordam ko‘rsatilgan.

Politsiya tomonidan ma’lum qilinishicha, muzli yomg‘ir yo‘lda va mashinalarning old oynalarida muz qatlamlarini keltirib chiqargan va bu YTHlarga sabab bo‘lgan.