O‘zbekistonda yangi haftaning boshi 14-yanvardan ob-havoning ilishi kutilmoqda. Ba’zi hududlarda kunduzgi havo harorati 13 darajagacha ko‘tariladi. Bu haqda O‘zgidromet ma‘lumotlariga asoslanib, Repost xabar berdi.
15-yanvar kuni yengil yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda. Kunduzgi havo harorati 8 daraja bo‘ladi.
Payshanba kuni eng issiq kun bo‘ladi. Yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kunduzgi havo harorati 15 darajagacha ko‘tariladi. Juma kuni Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo harorati 10-11 daraja yuqori bo‘lishi kutilmoqda.
Respublikaning tog‘li hududlarida 15-yanvar kuni vaqti-vaqti bilan qor yog‘ib, ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. 14-yanvar kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzgi havo harorati 1-6 darajagacha pasayishi mumkin.
Izoh (0)