12-yanvar, shanba kuni futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi—2019 musobaqasi 2-turining “E” guruhidagi dastlabki uchrashuv Saudiya Arabistoni va Livan terma jamoalari o‘rtasida kechdi.
Bellashuvning 12-daqiqasida Saudiya Arabistoni hujumchisi Fahad al-Muvallad Livan darvozasiga o‘yindagi birinchi golni kiritdi (1:0).
2-bo‘limning 67-daqiqasida esa Husayn al-Mogahviy Hattan Sulton Babhir uzatmasini golga aylantirdi va uchrashuv Saudiya Arabistonining 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Shu tariqa Saudiya Arabistoni 2 ta tur natijasiga ko‘ra 6 ochko to‘plab, pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun, 13-yanvar, yakshanba kuni “E” guruhidagi ikkinchi bahsda KXDR Qatar bilan kurash olib boradi.
Osiyo Kubogi—2019
“E” guruhi, 2-tur
12-yanvar, shanba
Livan—Saudiya Arabistoni 0:2
Gollar: 0:1 – 12 Al-Muvallad, 0:2 – 67 Al-Mogahviy.Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)