Samarqandning bankrot deb topilgan “SINO” sovutgich ishlab chiqarish zavodi investorlarga beriladi. Bu haqda prezident qarorida so‘z yuritiladi, deb yozadi Spot.
Kompaniya “nol” xarid qiymati bilan, biroq korxonani sog‘lomlashtirish uchun investitsiyalar kiritish va kreditorlardan qarzlarni to‘lash sharti bilan beriladi.
1973-yilda qurilgan zavod “Pamir”, “Snejinki”, “Samarkand”, “SINO” brendlari ostida mahsulot ishlab chiqargan. Bu sovutgichlar turli mamlakatlar, jumladan, Polsha va Afg‘onistonga eksport qilib kelinayotgan edi.
1991-yilda kompaniya aksiyadorlik jamiyatiga aylandi. 2003-yilda zavod grandni qo‘lga kiritib, u yangi agregatlarni yig‘ish imkonini berdi. 2009-yilda zavodda LG sovutgichlari ishlab chiqarila boshlandi.
2015-yilda 88,8 foiz aksiyalarni xorijiy investorga sotishga qaror qilindi. 2018-yilning avgustida Samarqand xo‘jalik sudi “SINO”ni bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqishga kirishdi.
Izoh (0)