Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatrida “Xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va mavqeyi, ijtimoiy-siyosiy hayotidagi faolligini oshirish – davr talabi” anjumanida Bosh vaziri o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva ishtirok etdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Jamiyatda xotin-qizlarning o‘rni va rolini oshirish uchun avvalo, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, har tomonlama qo‘llab-quvvatlash zarur. Ayniqsa, og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan opa-singillarimizni davlat tomonidan ijtimoiy muhofaza qilish barobarida ularni jamoatchilik ham qo‘llab-quvvatlashi kerak. Bu ayollarni jamiyatdan ajratib hayotga moslashtirib bo‘lmaydi, ularga avvalo yaqinlarining, atrofdagi insonlarning mehri, e’tibori zarur.Tanzila Norboyeva, Bosh vaziri o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi
Izoh (0)