Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy pediatriya tibbiyot markazi bolalar jarrohligi bo‘limida 3-yanvardan 7-yanvarga qadar tanosil tizimi rivojlanishida tug‘ma nuqsonlari va buyrak-tosh xastaligi bo‘lgan bolalarda ilk bor operatsiyalar o‘tkazildi. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” xabar bermoqda.
Tanosil tizimida nuqsonlari bo‘lgan 1 yoshdan 15 yoshgacha 12 nafar bola Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy pediatriya tibbiyot markazida rossiyalik yetakchi mutaxassislar professor S.G.Bondarenko va dotsent Batruddinov R.T. bilan birgalikda tekin operatsiya qilindi.
Operatsiyalarning mahalliy tibbiyot uchun noyobligi ular laparoskopik yo‘l bilan amalga oshirildi.
Ta’kidlash joizki, bu 12 operatsiya rossiyalik shifokorlarning o‘ziga xos mahorat darsi bo‘ldi.
Joriy yilda turli jarrohlik xastaliklariga chalingan 600 ga yaqin bolani bepul operatsiya qilish rejalashtirilmoqda.
Izoh (0)