O‘zbekiston shou-biznesi vakillarining bir nechtasi qishki ta’tilni chet ellarda o‘tkazmoqda, deb yozadi MyDay.
Xonanda Shahzoda ta’tilni Dubayda o‘tkazmoqda. U o‘zining Instagram’dagi sahifasi orqali hordiqdagi suratlari va videolari bilan bo‘lishmoqda.
Shahzodaning yaqin dugonasi xonanda Nilufar Usmonova ham Dubayda Yangi yil ta’tilida. U ham dugonasi kabi ijtimoiy tarmoqqa ta’til suratlarini joylagan.
Munisa Rizayeva qishki ta’til uchun Amerika Qo‘shma Shtatlariga uchib ketgan.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rashid Holiqov ham oilasi bilan chet el sayohatiga jo‘nab ketgan. U rafiqasi va farzandlari bilan Turkiyada dam olmoqda.
Xonanda Jahongir Otajonov Moskva shahrida.
Xonanda Dineyra ham qishki ta’tilda Rossiyaga yo‘l olgan. U go‘zal Moskva shahrida tushgan suratlari bilan bo‘lishmoqda.
Ozoda Nursaidova ham qishki ta’tilni Turkiyada o‘tkazmoqda.
Jahongir Poziljonov va Dilshod Mirzamurotov ham oilasi bilan Dubayda hordiq chiqarmoqda.
Izoh (0)