Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

7-yanvar, dushanba kuni futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi musobaqasining 1-turi doirasida uchta bellashuv bo‘lib o‘tadi.

Jumladan, “C” guruhining ilk o‘yinida Xitoy terma jamoasi Qirg‘iziston termasi bilan kurashga kirishadi. Mazkur bahs 16:00 da boshlanadi. Qayd etish, joiz qo‘shni Qirg‘iziston terma jamoasi Osiyo Kubogidagi debyut o‘yini o‘tkazadi.

Guruhning ikkinchi o‘yinida yana bir debyutant Filippin terma jamoasi musobaqa favoritlaridan biri Janubiy Koreya termasiga qarshi maydonga tushadi. O‘yin 18:30 da boshlanishi belgilangan.

“D” guruhida ham 1-tur doirasida bitta bellashuv bo‘lib o‘tadi. Musobaqaning yana bir favoritlaridan biri Eron terma jamoasi Osiyo Kubogida debyut qiladigan Yaman bilan bahs olib boradi. Uchrashuv 21:00 da boshlanadi.

Osiyo Kubogi—2019

“C” guruhi, 1-tur

7-yanvar, dushanba

Xitoy—Qirg‘iziston 16:00

Janubiy Koreya—Filippin 18:30

“D” guruhi, 1-tur

Eron—Yaman 21:00

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda Urug‘chilik hamda pistachilik ilmiy markazlari tashkil etiladi
Dunyo
Qirg‘izistonda 9 kishida “Seftriakson”ga allergik reaksiya kuzatildi, bir kishi vafot etdi
Shou-biznes
Yillar davomida tanib bo‘lmas darajada o‘zgargan Gollivud aktyorlari (foto)