Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati Nukus shahri temir yo‘l vokzali yonida bo‘lgan baxtsiz hodisa haqida ma’lumot berdi, deya xabar berdi Makan.uz nashri.

Ma’lumotda aytilishicha, 2019-yil 5-yanvar kuni soat 13:45 da  Nukus shahri hududidan o‘tuvchi “Xo‘jayli-Nukus” temir yo‘li peregonining 2-piketi 699-kilometrida 334-sonli “Saratov-Urgench-Toshkent” yo‘lovchi tashuvchi poyezdini tortib kelayotgan UZTE16M2-033-son teplovozi temir yo‘l relsining o‘rtasida qulog‘iga naushnik taqqan, Nukus shahrida yashovchi 2002-yilda tug‘ilgan R.D.ni bosib olgan.

Natijada, R.D. voqea joyida vafot etgan. Ushbu holat bo‘yicha hozirgi vaqtda tergov oldi so‘rishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiyada urushga borishdan bosh tortgan mahbuslarga qo‘shimcha jazo muddati bilan tahdid qilinmoqda — OAV
Salomatlik
Buyrakda toshlar, gipertoniya: rivojlanishiga birgina tuz sabab boʻladigan 4 ta xavfli kasallik
Mahalliy
Prezident Toshkent energetika tizimi bo‘yicha qo‘shimcha topshiriqlar berdi