“Tottenhem” klubi yarim himoyachisi Kristian Eriksen Daniyaning 2018-yildagi eng yaxshi o‘yinchisi sifatida e’tirof etildi.
Eriksendan tashqari ushbu sovringa “Lester” darvozaboni Kasper Shmeyxel va “Borussiya Dortmund” yarim himoyachisi Tomas Dileyni da’vogarlik qilgandi.
Kristian faoliyati davomida 5 karra Daniyaning eng yaxshi o‘yinchisi nomiga sazovor bo‘ldi. Bu orqali u Brian Laudrup qayd etgan rekordni yangiladi, deb yozadi B.T.
Laudrup ushbu sovrinni 4 marta qo‘lga kiritgandi.
O‘tgan yili 26 yoshli o‘yinchi “Tottenhem” safida 47 ta uchrashuvda maydonga tushib, 14 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Bundan tashqari, Eriksen Daniya terma jamoasi bilan JCh—2018 ning 1/8 finalida Xorvatiya bilan to‘qnash kelib, penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘ldi(3:2). Eriksen musobaqada 1 ta gol va 1 ta golli pasga mualliflik qildi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)