Afg‘onistonning Badaxshon viloyatidagi tilla konining shaxtasi qulashi natijasida 30 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Tolo News.
Ma’lum qilinishicha, tilla konining qulab tushishi natijasida 15 kishi jarohatlangan. Ularning ahvoli og‘ir. Bundan tashqari, shaxtada bir nechta kishi qolib ketganligi aytilmoqda.