Tojikistonning Xatlon viloyati Kushoniyon tumani Malik Giyoyev qishlog‘ida Magnitogorskdagi gaz portlashi oqibatida halok bo‘lgan Rajabmo Isoyeva va uning uch nafar farzandi dafn etildi, deb xabar berdi “ASIA-Plus”.
Bugun soat 10:00 da marhumlarga janoza namozi o‘qildi.
Kushoniyon tumanining turli hududlaridan kelgan yuzlab odamlar Rajabmo va uning farzandlarini so‘nggi manzilga kuzatdi.
Dafn marosimida tuman ma’muriyati vakillari, Xatlon viloyati migratsiya bo‘limi boshlig‘i Maxmudjon Xorkashev, mamlakat IIVning viloyat boshqarmasi raisi Iskandar Solihzodalar ham ishtirok etdi.
Viloyat ma’muriyati marhumaning yaqinlariga ta’ziya bildirib, halok bo‘lganlarning oilalariga ko‘mak berishga tayyorligini bildirdi.
Ona va uch nafar bolalar qabristonda yonma-yon dafn etildi.
24 yoshli Rajabmo Isoyeva va uning uch farzandi Ahmad, Fotima va Muhammadning jasadi 7-yanvarga o‘tar kechasi Dushanbega olib kelindi. Jasadlar Magnitorskdan Yekaterinburgga, keyin Dushanbega yetkazildi.
Qayd etilishicha, jasadlar va ularga hamrohlik qiluvchilarni Yekaterinburgdan Dushanbega olib kelish xarajatlarini “Somon Eyr” aviakompaniyasi ko‘targan.
Izoh (0)