Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, “El-yurt umidi” jamg‘armasi, O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi va Tashqi ishlar vazirligi birgalikda 2019-yilning 1-martiga qadar Jamg‘arma stipendiyalarini olishga nomzodlarni, ayniqsa, respublika hududlarida xorijiy tillarga o‘qitishning maxsus dasturlarini ishlab chiqadi.
Bu Prezident Shavkat Mirziyoyevning 4-yanvarda imzolagan qarorda ko‘rsatilgan, deb yozmoqda O‘zA.
2019-yilning 1-aprelidan boshlab Jamg‘arma stipendiyalarini olishga nomzodlarni xorijiy — ingliz, nemis, fransuz va boshqa tillarga o‘qitish maxsus dasturlari asosida maqsadli kurslar tashkil etiladi.
Izoh (0)