Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida 5-yanvar kuni inson o‘limi bilan bog‘liq yong‘in yuz berdi. Bu haqda Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, “Baxmalsoy” mahallasi hududidagi fermer xo‘jaligiga qarashli dala maydonida joylashgan “Gulistondavsuvmaxsuspudrat” korxonasiga tegishli ishchi xodimlarning dam olish uchun mo‘ljallangan temir vagonida yong‘in sodir bo‘lgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan. “Yong‘in natijasida vagonning yog‘och qoplamasi yonib zarar ko‘rgan hamda Guliston tumanida yashagan, korxona ishchisi bo‘lgan M.M.ning kuygan holdagi jasadi topilgan”, — deyiladi DYoXX axborotida.
Qayd etishlaricha, hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)