4-dekabr, juma kuni Angliya Kubogi 3-tur bahsida “Tottenhem” safarda “Tranmer Rovers” klubini mag‘lub etdi (7:0).
London klubi hujumchisi Harri Keyn uchrashuvning 75-daqiqasida zaxiradan maydonga tushib, 82-daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol etdi.
Opta’ning xabar berishicha, Keyn musobaqaning oxirgi 8 ta o‘yinida 9 ta gol urdi. Shulardan 8 tasini quyi liga klublari darvozasiga kiritgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)