Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

2019-yil 1-yanvardan Qozog‘istonda chet elliklarning kirish-chiqishi uchun elektron viza joriy etildi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vazirligiga tayanib, “Turon 24” xabar berdi.

Foto: “Turon 24”

Foto: “Turon 24”

Bunday vizalar bir marta foydalanish uchun beriladi.

Elektron viza (biznes, turistik va davolanishga) Qozog‘iston tomonining amaldagi taklifi asosida, belgilangan tartibda ichki ishlar vazirligi migratsiya xizmati tomonidan rasmiylashtiriladi. Xorijliklar ushbu viza bilan Ostona va Olmaota shaharlaridagi xalqaro aeroportlar orqali Qozog‘istonga kirishi yoki chiqishi mumkin.

Elektron turistik vizalardan 117 davlat fuqarolari, biznes va davolanishga beriladigan vizalardan 23 davlat fuqarolari foydalana oladi.

Elektron vizalar faqat viza oluvchilar uchun joriy etiladi va ularga hamrohlik qilganlarga tegishli bo‘lmaydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Messining “Barselona”ga qaytish ehtimoli bor. Xavi va Leo doimiy aloqada bo‘lib turibdi 
Mahalliy
Farg‘onada Qirg‘izistondan keltirilgan psixotrop moddalar savdosi bilan shug‘ullanganlar ushlandi
Mahalliy
Qashqadaryo viloyatida qurilgan namunali uylar qulab tushish arafasida ekani aytilmoqda (video)