Karimov fondining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2014-yilda tushgan suratini e’lon qildi.

Foto: Instagram / @karimovfoundation

Suratda Islom Karimov rafiqasi Tatyana Karimova va nabirasi Mariam bilan kechki Toshkentni tomosha qilayotgani aks etgan.

“2014-yil. Qishki ta’til. Islom Karimov nabiralari Mariamga kechki Toshkentni ko‘rsatmoqdalar”, — deb izohlanadi surat.