Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Chirchiq oliy tank qo‘mondon-muhandislik bilim yurtida Toshkent viloyati va Chirchiq shahar O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti bilan hamkorlikda “Men albatta harbiy bo‘laman!” mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda Toshkent viloyati va Chirchiq shahar Ma’naviyat va ma’rifat markazlari bo‘limi, shahar Yoshlar Ittifoqi Kengashi vakillari ishtirok etishdi. Bu haqda jurnalist SHohista Ortiqova xabar bermoqda.

Tadbirga Chirchiq shahar, Bo‘stonliq, Parkent, Qibray va Yuqori Chirchiq tumanlarining ikki mingga yaqin o‘quvchi-yoshlari jalb etildi. Tadbir avvalida “Vatanparvar” tashkiloti Toshkent viloyati kengashi tomonidan sportning texnik va amaliy turlarining ko‘rgazmasi va tashkilot tizimida shug‘ullanayotgan sportchilarning ko‘rgazmali chiqishlari, shuningdek, Chirchiq oliy tank qo‘mondon-muhandislik bilim yurti kursantlarning harbiy jang san’ati chiqishlari havola qilindi.

Tadbirning qiziqarli va mazmunli o‘tishida bilim yurtiga tashrif buyurgan jahon chempionlari Dmitriy Shokin va Ramziddin Saidovlar bilan yaqindan muloqot yoshlar va kursantlarda katta taassurot qoldirdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Gonsalo Iguain futbolchilik faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi
Mahalliy
Chirchiqdagi korxonada yuz bergan portlashda hech kimga zarar yetmagan — “O‘zkimyosanoat”
Dunyo
Qozog‘iston: KXSHT Ukrainaga qarshi urushda qatnashmaydi