Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Rossiyaning Kurgan viloyati 2019-yilda biznes-missiya amalga oshiradigan mamlakatlari ro‘yxatini tuzdi, ular orasida O‘zbekiston ham bor. Bu haqda Sputnik xabar berdi.

Foto: Pixabay

Foto: Pixabay

“Biznes missiya yuritish uchun ro‘yxat tushunarli. Bu MDHdan Qozog‘iston, iqtisodiy tuzilishi o‘xshash bo‘lgan Kavkaz hududidagi mamlakatlarning bir qismi. Xususan bizga meva va sabzavot yetkazib beruvchi va bizdan mahsulot sotib oluvchi Ozarbayjon. Keyin Qirg‘iziston. Ehtimol O‘zbekiston va Tojikistonni ham ko‘rib chiqamiz”, — deydi Kurgan viloyati hokimining vaqtincha vazifasini bajaruvchi Vadim Shumkov.

Chet elda Kurgan Germaniya, Xitoy, Janubiy Koreya, Osiyo va Tinch okeani hududiga kiruvchi mamlakatlarni ko‘rib chiqadi.

Kurgan viloyati G‘arbiy-Sibir tekisligining janubiy qismida joylashgan bo‘lib, Ural federal okrugi tarbiga kiruvchi, uran qazib chiqaruvchi hudud sanaladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
Instagram: Ustozlarini tabriklayotgan mashhurlar, onasiga qo‘shni bo‘layotgan Nilufar Usmonova, Ziyodaning volidasiga atalgan syurprizi
Sport
A Seriya. “Roma” Eldor Shomurodov maydonga tushmagan o‘yinda “Inter”ni mag‘lub etdi
Dunyo
Nikaragua hukumati Niderlandiya bilan diplomatik munosabatlarni uzdi