O‘zbekiston Mudofaa vazirligi “Vatanparvarlik mavzusida eng yaxshi selfi” tanlovini boshladi. Unda barcha fuqarolar ishtirok etishi mumkin, deya xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.
Yuborilayotgan fotosuratlar O‘zbekistonga cheksiz muhabbat, sadoqat, mamlakat tarixi va buguni uchun kuyunchaklik tuyg‘ularini, yurtni himoya qilishga bo‘lgan intilish, shuningdek, axloqiy va siyosiy prinsiplarni o‘zida aks ettirishi kerak.
Harbiy texnika, harbiy qism va muassasalar, shuningdek, boshqa harbiylashgan obyektlar fonida suratga tushish ma’qullanmaydi.
Fotosuratlar elektron va chop etilgan nusxalari quyidagi manzilga alohida “Mudofaa vazirligi Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bosh boshqarmasiga” yozuvi bilan yuborilishi mumkin: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 100-uy yoki Telegram messenjeridagi raqamiga (+998 97) 743-32-73.
“Eng yaxshi selfi” egasi 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni arafasida aniqlanadi. Materiallar 2019-yilning 5-yanvariga qadar qabul qilinadi.
Izoh (0)