“Samavto” korxonasi tomonidan Isuzu yuk avtomobili shassisida ishlab chiqarilgan navbatdagi 20 ta zamonaviy yong‘in o‘chirish avtotsisternalari xizmat xodimlariga tayyorlab berildi. Ushbu texnikalar yong‘in xavfsizligi bo‘linmalariga taqsimotga ko‘ra ajratiladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Yangi yil bayram arafasida fuqarolarni ogohlikka chorlash maqsadida ular “Yong‘in xavfsizligi karvoni” deb nomlandi. Ayni paytda ushbu karvon Samarqand-Toshkent yo‘lida hushyorlik signallarini chalib kelmoqda.
Ta’kidlanishicha, 2018-yilning 11 oyi davomida “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati qoshidagi JV MAN-Uzbekistan hamda “Samavto” korxonalari tomonidan yuqori taktik-texnik imkoniyatga ega 28 yong‘in o‘chirish texnikalari hududiy yong‘in xavfsizligi bo‘linmalariga foydalanish uchun ajratildi.
Izoh (0)