“Chelsi”ning braziliyalik himoyachisi David Luis 2019-yilning yozida klubdan ketadi deb xabar berdi The Sun.
Manbada yozilishicha, futbolchining klub bilan shartnomasi 2019-yil yozida tugaydi va u yangi uzoq muddatli shartnoma imzolashni istagan.
Ammo “Chelsi” 30 yoshdan katta bo‘lgan o‘yinchi bilan faqat bir yillik shartnoma tuzish mumkin, deb hisoblamoqda. London jamoasi bosh murabbiyi Mauritsio Sarri David Luisni jamoada saqlab qolish uchun klub rahbariyatiga ta’sir o‘tkazishga urinib ko‘rdi. Ammo urunishlar samarasiz yakunlandi. Shunday qilib, Luis “Chelsi”ni erkin agent sifatida tark etadi va boshqa klubga bepul o‘ta oladi.
Joriy mavsumda 31 yoshli braziliyalik himoyachi APL doirasidagi bahslarda 17 ta uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushdi va 1 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)