Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

“Isroil Qo‘shma Shtatlarni Suriyadan chiqib ketishi bilan Eronning harbiy ishtirokida harakatlarni davom ettiraveradi va zarurat bo‘lganda operatsiyalarni kengaytiradi”, — deydi Isroil hukumati rahbari Benyamin Netanyaxu. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: AP Photo

Foto: AP Photo

Isroilliklar so‘nggi ikki yil ichida Suriyaga kamida 200 marotaba hujum qilgani va kampaniya natijasida u yerda Eron kuchlari deyarli to‘rtdan birga qisqarganini tan olmoqda.

“Ikki ming nafar amerikalik askarlarni Suriyadan olib chiqish qarori bizning izchil siyosatimizni o‘zgartirmaydi. Biz Eronning harbiy jihatdan mustahkam o‘rnashib olishiga va agar kerak bo‘lsa, hatto amaliyotlarimizni kengaytirishda davom etamiz”, — deydi Netanyaxu vazirlar mahkamasining yakshanba kungi yig‘ilishida.

So‘nggi paytlarda sodir bo‘lgan voqealarni milliy xavfsizlikka qaratilgan oqibatlari haqida qayg‘urayotganlarga qarata, Bosh vazir Isroilning AQSh bilan xavfsizlik sohasida hamkorligi “to‘liq quvvatlarda” davom etishini ma’lum qildi.

Amerika ma’muriyati o‘tgan chorshanba kuni Suriyadan harbiylarni olib chiqishini boshlashini ma’lum qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Rossiyaning davlatchilik taqdiri shu oylarda asosiy yo‘nalish oladi” — siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov
Mahalliy
O‘zbekistonning ayrim hududlarida 27-sentabr kuni kuchli shamollar bo‘lishi mumkin
Dunyo
Qozog‘iston chegara xizmati safarbarlikdan qochgan rossiyaliklarni qo‘lga oldi