17-dekabr kuni Mumbaydagi kasalxonalarning birida ro‘y bergan yong‘in natijasida sakkiz kishi halok bo‘lgan. Kasalxona yong‘in xavfsizligi tizimi talab standartlariga javob bermagan. Bu haqda NDTV telekanali xabar bermoqda.
Telekanal ma’lumotiga ko‘ra, kasalxona yong‘in xavfsizligi tizmidagi nosozliklar falokat ro‘y bergan kundan ikki hafta avval aniqlangan.
Yong‘in xavfsizligi xizmati yong‘in haqidagi xabar mahalliy vaqt bilan 16:00 da kelib tushgan. Yong‘in natijasida sakkiz kishi halok bo‘lgan. O‘t o‘chiruvchilar 140 kishiga yaqin odamni qutqarib qolgan.
Izoh (0)