“Dunyo go‘zali – 2018” tanlovida Qozog‘iston vakili Sabina Azimbayeva jyuri va tomoshabinlarni o‘z xobbisi bilan hayratga soldi, deb yozadi “Nur.kz”.

Foto: “Nur.kz”

Sabina boksga qiziqishini so‘zlab berdi. 18 yoshli qiz nafaqat xobbisi haqida gapirib berdi, balki mazkur yakkakurashning bir nechta usullarini ommaga namoyish ham qildi.

Qiz boksdan tashqari raqs bilan shug‘ullanadi va Musiqali komediya uyg‘ur teatri sahnasida chiqish qiladi. U Xalqaro biznes universitetining talabasi.