• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12591.71
    • RUB160.18
    • EUR14821.7
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Obid Asomov haqida biz bilgan va bilmaganlarimiz

    UZ24’da Obid Asomovning kelgusida amalga oshira olmagan rejalari, yutuqlari va qiziqchilik san’atidagi o‘z maktabining o‘rni haqida Dilshoda Raxmatovaning maqolasi chop etildi. Maqola to‘lig‘icha beriladi.

    Foto: Sayyod.com

    Foto: Sayyod.com

    Obid Asomov o‘zbek qiziqchilik san’atida o‘z maktabini yaratgan qiziqchi edi. U bu san’atga o‘zining uslubi bilan, yonib kirib keldi. Avvalboshdanoq birovga taqlid qilmadi. Birdan ko‘zga tashlanib, xalq mehrini qozondi.

    Uning “Obid A” teatri tomoshalari, “Obid shou” ko‘rsatuvi o‘z davrida xalqning eng sevimli tomoshalaridan edi. U qiziqchilik san’atiga millat uchun og‘ir bo‘lgan davrda keldi va ijtimoiy, iqtisodiy muammolar girdobida qolgan xalqning hayotiga biroz bo‘lsa-da rang, yorug‘lik olib kirdi. Buning uchun biz Obid Asomovdan minnatdor bo‘lishimiz kerak. U sertashvish, serg‘alva zamonda xalqni kuldirib, uni hayot muammolaridan chalg‘itdi.

    Eng og‘ir davrlarda millat kulgiga ehtiyoj sezadi. Daho qiziqchilar, yumoristlar ham aynan serg‘alva zamonda dunyoga keladi (Chaplin, Tven, Zoshyenko, Ilf, Petrov, Julqunboy). Asomovning chekiga ham shunday taqdir tushgan ekan. O‘tish davri va qiyinchiliklar zamonining timsoliga aylandi. Ayniqsa, bugun, abadiylik sari safar qilganda bu yaqqol anglanadi.

    Endi, o‘zining sevimli sohasini topib, bolalar uchun ajoyib multfilmlar yaratishga bel bog‘laganda, ulkan-ulkan rejalar tuzib, ularni amalga oshirish uchun bor kuchini sarflashga kirishganda, afsuski, hayot yakuniga yetdi... “Rizq tugal bo‘lganda hayot tugaydi”, deb bitgan edi faylusuf.

    Afsus!!!

    Hukumat Obid Asomovga ishonch bildirib, o‘zbek multiplikatsiyasining taqdirini ishonib topshirgan va u yeng shimarib buyuk ishlarga chog‘langan edi. Uni tanigan, bilganlarning ma’lum qilishicha, bu sohaga u butun borlig‘ini bag‘ishlagan. Rejalari katta edi. Yirik saroylarda bolalarni yig‘ib, filmlar taqdimotini o‘tkazayotgan, endi bu tadbirlarni doimiy amalga oshirishga va’dalar bergan edi...

    Qiziqchi ko‘p multfilmlarga ovoz berdi, rassom sifatida chizilgan filmlarni yoqtirardi. Doim bolalar yonida turib, o‘zi yaratgan filmlarni tomosha qilishni, ularning quvonchidan sevinib, ularga yoqmagan sahnalarni aniqlab, kelgusida bu kabi holatlarga yo‘l qo‘ymaslikni istardi.

    Ko‘pincha qiziqchidan muammolar, kamchiliklar, illatlarni fosh etishni talab qilishadi, ulardan shuni kutishadi. Buyam kerakdir, balki, lekin bu bir qadar eski fikr. Qiziqchi muammoni ochishi emas, kulgi orqali xalqning ko‘nglini ko‘tarishi, hayotini yengillashtirishi lozim. Qiziqchisiz ham hayotdan kamchilik va muammo qidirgan ko‘p... Obid Asomov o‘z davrida sahnaga shu maqsadda chiqqan va bunga erishgan ham edi.

    Qiziqchi dor ustidagi dorbozga o‘xshaydi. Birov hazilni yoqtiradi, birov esa yoqtirmaydi. Xalq orasida ularning gaplarini har xil talqin qiluvchilar ko‘p. Obid Asomov ham shu kabi holatning “qurboni” bo‘lib, ancha payt sahnadan uzoqlashdi. Lekin xalq unga sodiqligicha qoldi. Uni unutmadi.

    Endi Obid Asomov bilan birga butun boshli davr ham tarixga aylanadi... Bir qarashda uning sahnadan ma’lum muddat uzoqlashganiga ko‘nikkanday edik. Bilyapmizki, unday emas ekan. Biz uning qaytishini bilardik va kutardik. Va u qaytdi...

    Foto: Uz24

    Foto: Uz24

    Endi esa... Biroz og‘ir... Axir biz uchun Obid Asomov degani faqat kulgi, quvnoqlik degani-da... Uning ism-sharifi aytilishi bilanoq har kimning yuziga tabassum yugurardi... Bugun nima bo‘lishidan qat’iy nazar, shundayligicha qoladi.

    Bir vaqtning o‘zida uni tanigan, bilganlarning aytishicha, Obid Asomov hayotda o‘ta jidddiy, mulohazali, og‘ir-bosiq inson bo‘lgan. Ha, u butun quvonchni xalqqa ulashib, qayg‘uni yuragiga yig‘ib yurgan ekan. Biz esa bilmaganmiz. Uning o‘zi ham bir-necha bor sahnada turib, uni hech kim jiddiy qabul qilasligini, hatto yosh bolalar ham uni sensirab “Obid... Obid...” deb ortidan yugurishini biroz afsus bilan aytgan edi.

    Biz bilgan Obid Asomov aslida obraz edi... Uni bilgan, taniganlar shunday fikr bildirishadi.

    Endi aytsak bo‘ladi: Obid Asomov o‘ta jiddiy inson edi.

    Albatta, butun boshli davrni bir qiziqchiga bog‘lash g‘alati tuyuladi, lekin Obid Asomov o‘z davrining ajralmas bo‘lagi edi. Endi u bilan birga qiziqchi yashagan davr ham tarixga aylanib, bizdan uzoqlashishi yanada tezlashadi.

    16.12.2018, 10:00   Izoh (0)   503728
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston aviakerosin va dizel yoqilg‘isi eksportini yo‘lga qo‘yishi mumkin

    16.12.2018, 09:30

    Namangan shahrida zamonaviy chiqindixonalar o‘rnatilmoqda (foto)

    16.12.2018, 08:50

    O‘zbekistonda haydovchining mast ekanligi alkotester yordamida aniqlanadi

    16.12.2018, 08:15

    “O‘zbekneftgaz” GTL zavodi qurilishi uchun 2,3 milliard dollar jalb etadi

    15.12.2018, 23:55

    XMT rahbari Gay Rayder: O‘zbekiston bilan majburiy mehnatga chek qo‘yish bo‘yicha hamkorlik qilib kelyapmiz

    15.12.2018, 23:13

    IIV rahbari o‘rinbosari: “Militsionerlarning huquqbuzarligi tizimni sharmanda qilmoqda”

    15.12.2018, 22:54
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    USAID’ning faoliyati butunlay tugatildi

    Dunyo | 3 iyul, 09:06

    Hansi Flik “Barselona” rahbariyatiga ikki futbolchini “sotilmaydigan” deb e’lon qilgan

    Sport | 3 iyul, 09:03

    AQSH Isroilga bunkerga qarshi bombalar yetkazib bermoqchi

    Dunyo | 3 iyul, 08:34

    O‘zbekistonda avtomobil ta’miri xizmatlariga talab eng yuqori bo‘lgan hudud aniqlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 00:10

    Olimlar Fransiyada minglab dinozavr tuxumlarini topdi

    Dunyo | 2 iyul, 23:50

    Ukraina AQSH yordamisiz qancha vaqt Rossiyaga qarshi tura olishi ma’lum qilindi

    Dunyo | 2 iyul, 23:35

    JSST dunyo mamlakatlarini tamaki va alkogol narxlarini oshirishga chaqirdi

    Dunyo | 2 iyul, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 2-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 2 iyul, 23:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.